Futzal. 0:2ni so'nggi daqiqada 3:2ga aylantirgan Portugaliya finalda!

Mirjalol Normatov
5 fev 2022, 02:13
Futzal bo'yicha Yevropa chempionatining ikkinchi yarim final o'yini yakuniga etdi.

Ikkinchi bahsda Portugaliya hamda Ispaniya termalari final uchun kurash olib borishdi. Qayd etish kerak, portugallar so'nggi daqiqadagi goli orqali daxshatli kambek qayd etib, finalga yo'llanma oldi.

Portugaliya - Ispaniya 3:2

Gollar: Raul Gomes (1, 0:1), Chino (13, 0:2), Bruno Koelo (29-pen, 1:2), Zikki (32, 2:2), Zikki (40, 3:2).

Portugaliya - Andre Souza, Erik, Joau Matosh, Bruno Koelo, Pani Varela.

Zaxiradagilar: Edu, Andre Koelo, Tomash Pako, Afonso Jezus, Fabiu Sesiliu, Zikki, Migel Angelo, Tiago Brito, Pauleta.

Ispaniya - Didak Plana, Ortis, Raul Gomes, Losano, Mellado.

Zaxiradagilar: Xesus Errero, Borxa, Boyis, Adolfo, Sesilio, Chino, Raul Kampos, Solano.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia