
"Fri Steyt Stars" Keyptaunning "Ayaks" kluib bilan durang o'ynadi (2:2), Anas esa bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, mahalliy OAVga intervyu berdi.
"Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi bo'lganimdan xursandman. Muxlislar, xotinim va qiz o'rtog'imga rahmat aytaman" - deydi Anas.
Keyinroq futbolchi qiz o'rtog'i deb qizi haqida aytganini ma'lum qildi.
"Qizchamni qiz o'rtog'im deb chaqirishimni oilam biladi. Uni nazarda tutgan edim. Qiz o'rtog'im yo'q. Xotinimni yaxshi ko'raman. U menga ikki farzandni sovg'a qildi" - deydi Anas.