

"Mening farzandlarim bor. Shuning uchun ham futbolchilar bolalarga qanday ta’sir qilishini bilaman.
Ularning ko'zlaridan qaysi futbolchi muxlisi ekanligini bilib olish mumkin.
Bolalarimga Ronaldu va Messi yoqadi. Lekin, men Evro-2016dan so'ng farzandlarimga ularni familiyasini aytishni taqiqlab qo'yganman", - deydi fransiyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2016 finalida Kristianu Ronaldu aynan Payet bilan to'qnashuvdan so'ng jarohat olgandi va almashtirilgandi.



