"Fulxem" MYUdan 60 million funt talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
16 apr 2023
"Manchester Yunayted" "Fulxem" tayanch yarim himoyachisi Joau Palinyaga qiziqish bildirmoqda.

"Transfer News Central" xabariga ko'ra, London klubi portugaliyalikni 60 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas va mankunianliklardan aynan shuncha mablag' talab qilmoqda.

27 yoshli futbolchi yozdan buyon "Fulxem"da o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u APLning 27 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Transfer News Central