

Turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan Fabio Grosso shogirdlari 71 ochko jamg'arib, mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganida ayni vaqtda uchinchi o'rinda ketayotgan “Bari”dan 10 ochko o'tib ketdi. Reglamentga ko'ra, chempionatda birinchi o'rinni egallagan ikki jamoa to'g'ridan-to'g'ri A Seriyaga yo'l oladi.
“Frozinone” sakkiz yil ichida uchinchi marta A Seriyaga yo'l oldi.



