Frenki de Yong "Barselona"da mavsumoldi tayyorgarlikni boshladi

Sherzod Nurmatov
12 iyul 2022, 21:44
Niderlandiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida qolmoqda.

Yarim himoyachi Frenki de Yong o'tgan mavsum oxirida o'z terma jamoalarida o'ynagan boshqa futbolchilar qatori kataloniyaliklar tarkibida paydo bo'ldi. Ularning barchasi bugun "Barselona"da 2022/2023 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq de Yong "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi emasligi haqida xabar berilgandi.

Niderlandiyalik yarim himoyachining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. U oldingi mavsum Primerada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror