Fredi Guarin "Real" va "Chelsi"ga rad javobini berdi

Aziz Tukhtamuradov
16 fev 2015, 21:10
"Inter" futbolchisi Fredi Guarinning agenti Marselo Ferreyra mijozi "Real" va "Chelsi" jamoalari tomonidan bildirilgan takliflarga rad javobini berganini aytib o'tdi.
"Manchini klubga kelganidan so'ng Guaringa ishonishini bildirdi. Ishonch - futbolda eng muhim narsa. Shu sababli, Guarin klubdan ketishni istamayapti.

"Real" va Chelsi"dan takliflar? Ha, bo'lgandi. Ammo, biz ushbu takliflarga rad javobini berdik va "Inter"ning kelajagiga ishonamiz", - deydi agent.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net