Frankfurtda Germaniya futbolining kelajagi muhokamasi bo'lib o'tdi

22 avg 2018, 15:36
Kecha Germaniyaning Frankfurt shahrida Yoaxim Lyov va bir qator yetakchi klublar vakillari bilan Germaniya futbolining kelajakdagi o'zgarishlari borasida yig'ilish bo'lib o'tdi, deya xabar bermoqda "Kicker" nashri.

Nemis mashinasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov, "Bavariya", "Bayer", "Borussiya" D, "Volfsburg" hamda "Shalke" klubi vakillari o'rtasida o'tgan yig'ilishda Germaniya futbolining kelajakdagi o'zgarishlari muhokamasi bo'lgan. Unda har bir klub vakillari va Yoaxim Lyov aynan qaysi jihatlarni o'zgartirish kerakligi borasida o'z qarashlarini bildirishgan, muhokama qilishgan.

Germaniya terma jamoasining mundialdagi muvaffaqiyatsizligidan so'ng Germaniya Futbol Ittifoqi yangi akademiya qurish rejalari e'lon qilgandi. Endilikda Yoaxim Lyov va yetakchi mutaxassislar ishtirokida Germaniya futbolining kelajakdagi o'zgarishlari muhokamasi bo'lib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia