Frank Riberi: 2009 yil men Barselonaga o'tishim mumkin edi

Tolibjon Qosimov
14 avg 2013, 17:23
Bavariya yarim himoyachisi Frank Riberi bir paytlar Barselonaga o'tishi mumkinligi haqida aytib berdi.
Erik Abidal 2009 yil menga Barselonaga o'tishim borasida gapirib bergandi.

Albatta o'sha paytda men transfer haqida o'ylay boshladim. Vaziyat oddiy emas edi, ammo Bavariya bilan shartnomam bor edi.

Birinchi bor Gvardiola bilan 2009 yil bahorida gaplashgandim, o'shanda ular bizni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishgandi.

Xosep o'yindan so'ng kelib meni yaxshi o'yin bilan qutlagandi. Meni o'yindagi eng yaxshi futbolchi bo'lganimni aytgandi, bu men uchun katta sharaf edi, – deydi Riberi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru