Fransiyada Evro finalini 20 milliondan ko'proq teletomoshabin kuzatdi

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2016, 13:32
Futbol bo'yicha Yevropa chempionati finalini Fransiyada 20,8 million inson televizor orqali tomosha qildi.
Bu haqda "M6" telekanali xabar berdi.

Kanalning ma'lumotlariga ko'ra, Fransiya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni yakshanba oqshomida tomoshabinlar auditoriyasining 72,9 %i kuzatib borgan. Bu nafaqat kanal, balki butun francuz televideniyasi tarixidagi eng yuqori ko'rsatgich.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: М6