Fransiya vaziri Kilian Mbappening PSJdan ketishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Khoja
18 apr 2024, 11:23
Fransiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera PSJ hujumchisi Kilian Mbappening jamoadan ketishi haqida fikr bildirdi.

U bizning futbolga aql bovar qilmas darajada ko'p narsa berdi. U Liga 1 musobaqasini boshqa darajaga olib chiqdi, ko'plab yosh futbolchilarning afsonasiga aylandi. Biz uni Fransiyada ko'proq ko'rishni istaymiz va shu sababli uning boshqa jamoaga o'tishi biz uchun og'irlik qilmoqda.

U o'zining karerasini qurish uchun harakat qilmoqda. Nima bo'lgan taqdirda ham Mbappe Fransiya termasining sardori bo'lib qoladi. Kilianni Parij olimpiadasida qatnashishini istagan bo'lardim, - dedi sport vaziri.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru