Fransiya TJ sobiq ustozi: “Grizmann “Atletiko”dagi darajasida emas, Dembeleda esa Messi yoki Ronaldudagi kabi xarakter yo'q”

Eldor Akmurzayev
31 mar 2021, 20:54
Raymon Domenek “Barselona”ning ikki forvardi Antuan Grizmann va Usmon Dembele haqida fikr bildirdi.

“Grizmannga qarab, men avval tanigan futbolchini ko'rmayapman deb aytolaman. Uni tanimayapman. U “Barselona”da ham Fransiya termasida ham oldingi darajasini namoyish etolmayapti. U “Barselona” bilan shartnoma imzolaganidan keyin nimadir yuz bergan. Bu “Atletiko”da bo'lgan jangchi emas.

Dembele yulduzdek o'ylamaydi. Unda g'alaba qozonish va gol urishni xohlaydigan Messi yoki Krishtianu Ronaldu kabi xarakter yo'q. Dembeleni sotmagan bo'lardim, u hali ham ajoyib futbolchiga aylanishi mumkin. Unda barcha fazilatlar bor, u juda tezkor, ikkala oyoqda ham yaxshi o'ynaydi. U hamma narsaga qodir”, deydi 69 yoshli mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo