Domenek: "Barselona" La Ligani kuchli beshlikda yakunlanishiga ishonchim komil emas"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 21:53
Taniqli francuz murabbiyi Raymon Domenek "Barselona"dagi hozirgi holati haqida gapirdi.

Avvalroq "Barselona"ni bir vaqtlar kataloniyaliklar tarkibida futbolchi sifatida o'ynagan Terri Anri boshqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Terri Anri "Barselona"ni boshqarishi mumkinmi?" Nega bo'lishi mumkin emas? U klub va uning falsafasini biladigan murabbiy. Ammo bugungi "Barselona"da har qanday murabbiy jabr ko'radi. Ularda yaxshi o'yinchilar bor, lekin ular jahon darajasidagi futbolchilar emas. Agar jarohatlanganlar qaytmasa, "Barselona" La Ligani kuchli beshlikda yakunlashiga ishonmayman", - deydi Domenek.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports