Fransiya Superkubogini Mbappe va PSJning yana bir qator futbolchilari o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2022, 07:50
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

31 iyul kuni Tel-Avivda PSJ hamda “Nant” o'rtasida Fransiya Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Mazkur uchrashuvni diskvalifikaciya tufayli Kilian Mbappe o'tkazib yuboradi. U o'tgan mavsum oxirida Liga 1'ning 10 uchrashuvida 3 ta sariq kartochka olgani uchun shunday jazo berilgan.

Shuningdek, bo'lajak uchrashuv uchun qaydnomadan himoyachilar Leyvin Kurzava va Tilo Kerer, yarim himoyachilar Rafinya, Yulian Draksler, Ander Errera va Jorjino Veynaldum o'rin olmadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr