

JCH-2022 chorak finalida francuzlar Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Shu orqali ular JCH-1998dan buyon amaldagi chempion sifatida mundial yarim finaliga chiqqan ilk termaga aylandi.
So'nggi bora bunday holat Braziliya termasida kuzatilgandi. Braziliya JCH-1994ni yutib, JCH-1998 finaliga yetib borgan va Fransiyaga mag'lub bo'lgandi.



