Fransiya. PSJ mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi, Messidan 2+1

Mirjalol Normatov
7 avg 2022, 01:51
Fransiya chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etadi.

Amaldagi chempion PSJ mavsumni g'alaba bilan boshladi. "Klermon" maydonidagi bahsda parijliklar 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish kerak, PSJ futbolchisi Leo Messi ushbu bahsda dubl qayd etishdan tashqari, Neymarning goliga hammuallif bo'ldi.

Klermon – PSJ 0:5

"Stad Gabriel Monpe"

Gollar: 0:1 – 9 Neymar, 0:2 – 26 Xakimi, 0:3 – 38 Markinos, 0:4 – 80 Messi, 0:5 – 86 Messi.

Klermon – Diav, Seydu, Oje, Veteska, Neto, Gonalon (Baye, 85), Rashani (Kaui, 82), Gasten, Andrich, Allevina (Dossu, 73), Sarachevich (Manen, 73).

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Ramos (Mukiele, 67), Markinos, Kimpembe, Mendesh (Bernat, 78), Verratti (Zair-Emeri, 82), Vitinya (Paredes, 67), Sarabiya (Ekitik, 78), Messi, Neymar.

Ogohlantirish: Vitinya (13), Allevina (38), Gonalon (67).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia