Fransiya Kubogi koronavirus sababli to'xtatildi

Alisher
29 okt 2020, 17:13
Fransiya futbol federatsiyasi turnirni 1 dekabrga qadar to'xtatish borasida qaror qabul qildi.

Bu haqda federatsiya rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kechiktirilgan o'yinlar borasida kelishuvga erishildi. Bu mamlakat ichidagi vaziyatga bog'liq bo'ladi.

Futbol federatsiyasining qarori Fransiyaning bosh musobaqasiga ta’sir qilmaydi - Liga 1 va ayollar o'rtasidagi chempionat. Ularning o'yinlari muxlislarsiz o'tkaziladi.

Qayd etish kerakki, Fransiyada 1.2 million kishi koronavirusga chalingan, 35 mingdan ortiq inson esa vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/equipedefrance

Shuningdek o'qing