

Fransiya klubi 9 avgust kuni 29 yoshli shveytsariyalik futbolchining xaridi bo'yicha taklif berdi.
Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, "Liverpul" o'yinchi uchun 15 million evro atrofida olmoqchi.
Shveytsariyalik "Liverpul"da 2018 yildan beri o'ynaydi. Futbolchi o'tgan mavsum 14ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi yana ikki yilga amal qiladi.



