

Argentinalik xavbek Fransiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (UNFP) so'rovnomasida 41% ovoz olib g'olib bo'ldi.
Ikkinchi o'rinda Anjer vakili Sheyk Ndoye (39%) qayd etildi. Kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich (20%) yakunlab berdi.
Dekabr oyida Di Mariya 4ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urib 4ta golli pas oshirdi.



