Fransiya. Di Mariya - dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2016, 07:57
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya dekabr oyida Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Argentinalik xavbek Fransiya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (UNFP) so'rovnomasida 41% ovoz olib g'olib bo'ldi.

Ikkinchi o'rinda Anjer vakili Sheyk Ndoye (39%) qayd etildi. Kuchli uchlikni PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich (20%) yakunlab berdi.

Dekabr oyida Di Mariya 4ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urib 4ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/UNFP