Fransiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Alisher
22 okt 2021, 10:58
"Lans" yarim himoyachisi Seko Fofana Liga 1'ning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

26 yoshli ivuarlik futbolchi 42 foiz ovoz to'pladi. Fofana o'tgan oy ichki chempionatda 4ta o'yinda maydonga tushgandi.

Ikkinchi o'rinni 30% ovoz to'plagan "Nicca" hujumchisi Amin Guiri band etdi, uchlikni esa "Lion yarim himoyachisi Lukas Paketa yakunlab berdi - 28 foiz.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/UNFP