Fransiya chempionati. “Monako” yirik g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2017, 23:03
Fransiya chempionatining 23-turida “Monako” o'z maydonida “Nicca”ni taslim etdi.

Uchrashuvda Jermen hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Radamel Falkao “dubl”ga erishdi va jamoasining yirik g'alabasiga hissa qo'shdi.

“Monako” – “Nicca” 3:0 (0:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 47 Jermen, 2:0 – 60 Falkao, 3:0 – 81 Falkao.

“Monako”: Subashich, Sidibe, Glik, Mendi, Fabino, Bernardu Silva (Dirar, 88), Bakayoko, Lemar, Jemerson, Falkao (Mbappe, 90), Jermen (Moutinyu, 77).

“Nicca”: Kardinal, Dante, Sarr (Belxanda, 64), Dalbert, Bess, Seri, Sipren, Esserik, Suke, Plea, Balotelli.

Ogohlantirish: Seri (13), Jemerson (57).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia