Franchesko Totti: "Ronaldu, Messi va Neymar - o'zga sayyoraliklar. Krishtianu qolganlarni ortda qoldirdi"

Tolibjon Qosimov
16 okt 2017, 21:56
"Roma" sobiq sardori va afsonasi Franchesko Totti 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi kim ekanligini aytdi.

"Birinchidan, biz 3 nafar o'zga sayyoraliklar haqida gapirayapmiz. Bular - Ronaldu, Messi va Neymar.

Shuni aytishim kerak-ki, ularning barchasi bilan maydonda ham, undan tashqarida ham bir-birimizni hurmat qilamiz. Lekin, Krishtianu qolganlarni ortda qoldirdi. Ronaldu hayratlanarli mavsumni o'tkazdi va yetakchi jamoalarga gol urdi.

Murabbiylar borasida nima deyishim mumkin? Bizning, yani italyan maktabi vakillari top darajadalar. Lekin, Konte va Allegrining ajoyib ishiga qaramay, bu borada yetakchi - Zidan. U ham huddi Ronaldu kabi hammani yutdi.

O'ylashimcha, eng yaxshi darvozabon bo'lish uchun Buffonda juda yaxshi imkoniyat bor. U individual jihatdan eng zo'ri bo'ldi, uning jamoasi Keylor Navasning klubi singari YCHL finaliga chiqdi. Kurash shu ikkisi o'rtasida kechadi", - dedi Totti FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com