Fraciya terma jamoasi shifokori: “Bavariya” Riberini vaqtida davolay olmadi”

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2014, 14:30
Fransiya terma jamoasi shifokori Riberining jarohatiga “Bavariya” hodimlari sababchi deb hisoblaydi.
“Riberining jarohati mundialgacha tuzalib ketishi kerak edi. Rentgen suratlariga qaraganda u hozirgacha sog' bo'lishi kerak. Ammo “Bavariya” Riberini vaqtida davolay olmadi, ustiga ustak Germaniya Kubogi finalida ham maydonga tushirdi. U terma jamoaga og'riq bilan keldi. Riberi endi avgust oyining o'rtalarida uchrashuvlarda qatnashishi mumkin”, - deydi Le Golya “AP”ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net