FR: "Paxtakor"ga transfer taqiqi qo'yiladi

22 iyun 2022, 01:28
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev ma'lumot berdi.

"2021 yilning yozida Eren Derdiyok klubni tark etgach "sherlar" rahbariyati Serbiyadan arzonroq hujumchi olib kelishgan edi. Toshkentda 1 davra o'ynagan Boyan Matich ishonchni oqlay olmadi va qishda yurtiga qaytarib yuborildi. 

Xullas, klub o'sha futbolchi oldidagi majburiyatlarini to'liq bajarmagan. FIFA holatni o'rganib chiqib, qaror chiqardi. Agar "Paxtakor" 45 kun ichida Boyan Matich oldidagi qarzdorlikni yopmasa, jamoaga transfer taqiqi qo'yiladi. Gap taxminan 50 ming AQSH dollari haqida bormoqda. 

Ma'lumot uchun, 30 yoshli markaziy hujumchi "sherlar" libosida 16 o'yin o'tkazib, 2 marta gol urgan", - deyiladi xabarda.

Obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia