Foden Messidan o'zib ketdi

Iskandarov Abdulaziz
2 okt 2022, 19:25
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Filipp Foden hujumchi Lionel Messini ortda qoldirdi.

Angliyalik futbolchi APL 9-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda dubl qayd etib, "shaharliklar" safidagi gollari sonini 50tga etkazib oldi. 

Pep Gvardiola qo'l ostida o'ynagan barcha futbolchilar orasida Foden 50 golini 22 yosh, 127 kunligida kiritdi. Avvalgi rekord "Barselona"da to'p tepgan Messiga tegishli edi. U 22 yosh 164 kunligida bu natijaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: The Telegraph