Flik "Barsa" haqida: "Manchester Siti"dek ish tutmoqchimiz"

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2024
Xans-Diter Flik "Barselona" boshqaruvida nimaga erishmoqchiligi haqida gapirdi.

Kataloniyaliklar bugun tongda "Manchester Siti" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi va 2:2 hisobida durang o'ynab, penaltilar seriyasida 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Biz ajoyib jamoaga qarshi yaxshi o'ynadik. Biz bir jamoadek birga himoyalandik va birga hujum qildik. Aynan shuni xohlaymiz. Biz bir-birimiz uchun jang qildik.

Balki 1-bo'limda juda ham hotirjamlikka berildik, biz nisbatan yuqoriroqda o'ynashni istaymiz, ko'proq to'p bilan muomala qilishimiz kerak, lekin biz "Manchester Siti"ga qarshi o'ynadik...

Pep Gvardiola u erda 8 yildan beri ishlayapti va biz ham falsafa borasida xuddi "Manchester Siti"dek ish tutmoqchimiz. Balki, biroz boshqacharoqdir, lekin o'sha g'oya asosida", - dedi "Barselona" ustozi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es