"Fiorentina" Fellaini uchun 15 million evro bermoqchi
Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 13:30
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, transferga qo'yilgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maruan Fellaini "Fiorentina" qiziqishiga sabab bo'ldi.
Florenciyaliklar Belgiya terma jamoasi a'zosi uchun 15 million evro berishmoqchi. Ammo Manchester klubi 34 million so'ramoqda. Tomonlar muzokara olib borishadi.