"Fiorentina" "Barselona"ning ikki futbolchisiga da'vogar
Narzulla Saydullayev
8 noya 2013, 20:17
"Fiorentina" o'z safini "Barselona"ning ikki yosh futbolchisi Martin Montoya va Mark Bartra bilan kuchaytirmoqchi.
Ikkala futbolchining klub bilan shartnomasi 2014 yilda tugaydi. Agar Kataloniya klubi futbolchilar bilan shartnomani uzaytira olsa, keyingi yozda tajribani oshirish uchun "Fiorentina"ga ijraga berishi mumkin.