

1992 yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasi dunyoning 47ta jamoasiga qarshi o'yin o'tkazgan.
Eng ko'p raqib tabiiyki Osiyo qitasidan 33ta. UEFAga a'zo mamlakatlarning 12tasi bilan to'qnash kelganmiz. Afrika qitasi vakili Nigeriya va Okeaniya mintaqasidan Yangi Zelandiya bilan uchrashuvlar bo'lib o'tgan. Shimoliy va Janubiy Amerika termalari bilan hozircha umuman o'yin o'tkazilmagan.
Filippin terma jamoasi bizning hisob bo'yicha 48-raqibimiz bo'ladi.
O'zbekiston terma jamoasining barcha raqiblari:
Osiyo - BAA, Janubiy Koreya, Qatar, Iordaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Bahrayn, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy Taypei, Gongkong, KXDR, Iroq, Tailand, Qirg'iziston, Quvayt, Eron, Malayziya, Hindiston, Ummon, Livan, Bangladesh, Falastin, Yaman, Avstraliya, Mo'g'uliston, Kambodja, Singapur, Vetnam, Indoneziya, Shri Lanka, Suriya.
Yevropa - Ozarboyjon, Qozog'iston, Bosniya va Gertsegovina, Estoniya, Belarus, Ukraina, Armaniston, Latviya, Albaniya, Chernogoriya, Isroil, Slovakiya.
Afrika - Nigeriya.
Okeaniya - Yangi Zelandiya.




