Filippe Koutino tanishtiruvdan so'ng nimalar dedi?

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2018, 23:01
"Barselona"ning yangi o'yinchisi Filippe Koutino o'z o'yini bilan "Barselona" tarixiga kirmoqchi.

Bu eng yaxshi jamoa. Ronaldinyo, Rivaldo, Romariolar to'p tepgan klub libosini kiyish ajoyib.

"Bu yerda buyuk kumirlar o'ynagan. Bu yerda hozir ham dunyoning eng yaxshi futbolchilari to'p tepadi. Bu eng yaxshi jamoa. Ronaldinyo, Rivaldo, Romariolar to'p tepgan klub libosini kiyish ajoyib. Men klub tarixiga o'z hissamni qo'shishni xohlayman. "Barselona" uchun o'ynash va gol urishni ko'p bor orzu qilganman. Aytish mumkin bo'lsa, bu meni tushimga kirdi. Inestadan o'rganish katta sharaf bo'ladi. Menga "Barselona"ning jamoaviy o'yini juda yoqadi. Men qayerda ko'proq foydali ekanligimni murabbiy hal qiladi", - dedi Koutino.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es