FIFA XX asr jahon chempionatlaridagi eng chiroyli 10ta golni aniqladi

Xayrulla Xoliqov
14 sen 2017, 15:46
FIFA rasmiy veb sayti XX asrda o'tkazilgan jahon chempionatlarida urilgan eng chiroyli 10ta golni aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazdi.

So'rovnoma natijalariga ko'ra, 1986 yilgi mundialda Diego Maradona tomonidan Angliya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan ikkinchi gol eng chiroyli gol deb topildi. So'rovnoma olti hafta davom etdi va bu orada 341,460 kishi o'z ovozini bildirdi. FIFA saytida yozilishicha, so'rovnomada 150 mamlakat muxlislari ishtirok etgan. 

FIFA talqini bo'yicha XX asr jahon chempionatlarida kiritilgan eng yaxshi o'nta gol quyidagilar: 

1. Diego Maradona (1986 y. Angliya darvozasiga)
2. Maykl Ouen (1998 y. Argentina darvozasiga)
3. Pele (1958 y. Shvetsiya darvozasiga)
4. Diego Maradona (1986 y. Belgiya darvozasiga)
5. Georgi Xaji (1994 y. Kolumbiya darvozasiga)
6. Sayid Ovayran (1994 y. Belgiya darvozasiga)
7. Roberto Badjo (1990 y. Chexoslavakiya darvozasiga)
8. Karlos Alberto (1970 y. Italiya darvozasiga)
9. Lotar Matteus (1990 y. Yugoslaviya darvozasiga)
10. Vinchenco Shifo (1990 y. Urugvay darvozasiga)


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com