FIFA vice-prezidenti Toshkentga O'zbekiston - Iordaniya uchrashuviga keladi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2013, 16:25
10 sentyabr kungi O'zbekiston - Iordaniya uchrashuviga Iordaniya shaxzodasi tashrif buyuradi.
"O'zbekiston va Iordaniya o'rtasidagi Toshkentdagi uchrashuvga FIFA vice-prezidenti Shahzoda Ali bin Husaynning tashrifi kutilyapti", - deb yozadi O'FF rasmiy tvitteri.

Shahzoda Ali bin Husayn ayni paytda uchta lavozimda ishlamoqda - FIFA vice-prezidenti, Iordaniya futbol Assotsiatsiyasi prezidenti va G'arbiy Osiyo futbol Federatsiyasi prezidenti.

foto: 2013 yil yanvar oyida FIFAning yil yakunlariga bag'ishlangan tadbirda Shahzoda Ali bin Husayn O'FF prezidenti Mirabror Usmonovga "Feyr pley" sovrinini topshirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia