

FIFA o'zining rasmiy saytida 2019-2022 yillarda 7,6 milliard dollar daromadga ega bo'lganini e'lon qildi. Bu tashkilot uchun rekord ko'rsatkichdir.
"FIFAning futbolga misli ko'rilmagan sarmoyasi bizning kuchli moliyaviy shaffofligimiz natijasidir va bu biz futbolni globallashtirishga intilayotganimizning aniq namunasi.
O'tgan davr mobaynida eng avvalo, koronavirus tufayli duch kelgan qiyinchiliklarimizga qaramay, Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatining muvaffaqiyatli kechgani tashkilotning a'zo assotsiatsiyalar va futbol olami uchun o'z missiyasini bajarish qobiliyati kaliti bo'ldi", – dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.



