FIFA o'yinida Chempionlar ligasi paydo bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 noya 2017, 11:24
FIFA virtual futbol o'yini muxlislari uchun tez orada ajoyib yangilik e'lon qilinishi mumkin.

Chet el nashrlarining xabarlariga ko'ra, FIFA kompyuter o'yinida UEFA Chempionlar ligasi turniri paydo bo'lishi mumkin. 2015 yilda FIFA o'yinining raqibi PES (ProEvolutionSoccer) UEFA bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzgan edi. Agar FIFA o'yinini ishlab chiqaruvchi EA Sports kompaniyasi vakillari UEFA bilan kelisha olishsa, 2018 yilda chiqadigan FIFA19 o'yinida Chempionlar ligasi turniri paydo bo'ladi. Ayni damda tomonlar muzokaralar o'tkazishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia