

Unga ko'ra 4 jamoadan iborat 12 guruh – 39 kun ichida 104 ta o'yin bo'ladi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 16 mart kuni JCH-2026 uchun yangi formatni tasdiqlamoqchi.
"The Athletic"ning ma'lum qilishicha, dastlab jamoalarni 3 tadan 16 ta guruhga bo'lish rejalashtirilgandi. Biroq FIFA bu g'oyadan voz kechib, 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruhli format foydasiga qaror chiqardi. Pley-offga eng yaxshi sakkizta uchinchi o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallaganlar yo'llanma oladi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Mekcikada bo'lib o'tadi. O'yinlar 16 ta shaharda o'tkaziladi. Bu mundial tarixdagi eng uzuni bo'ladi – 104 ta o'yin 39 kun davom etadi.



