FIFA 17 bo'yicha mukofot jamg'armasi 1,3 mln. dollar bo'lgan turnir o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2016, 17:44
EA Sports kompaniyasi FIFA 17 bo'yicha mukofot jamg'armasi 1,3 mln. dollar bo'lgan eng yirik turnir o'tkazmoqchi.

"Biz "FIFA Ultimate Team"ning eng zo'r mavsumini e'lon qilmoqchimiz va o'yindagi mashhur ligalarda qo'llanilgan yangiliklar bilan tanishtirmoqchimiz. O'yinchilar FIFA 17ni o'zlari foydalanib ko'rishlarini sabrsizlik bilan kutyapmiz" - deydi FIFA 17ning ijrochi direktori Devid Ratter.

Ishlab chiqaruvchilar turnir uchun ishtirokchi tanlashda yangi FUT Champions - foydalanuvchilar orasida har kunlik musobaqalar rejimidan foydalanishadi. Unda ishtirok etganlarga turli sovrinlar taqdim etiladi hamda "Weekend League"da ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi. G'alabalar soniga ko'ra reyting tuziladi. Jadvalning eng yaxshi kiberfutbolchilari "EA SPORTS FIFA 17 Ultimate Team Championship Series"da o'zaro uchrashuv o'tkazishlari mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru