Fevzi Davletov: “Qizil kartochka o'yinning borishiga ta’sir ko'rsatdi”

Mirjalol Normatov
26 sen 2024, 21:44
Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Dinamo” - “Surxon” (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Uchrashuv biz uchun juda yomon ko'rinishda o'tdi. Qizil kartochka o'yinning borishiga o'z ta’sirini ko'rsatdi. OKMK va “Bunyodkor” bilan o'yinlardagi mag'lubiyatlar ortidan yigitlarning ruhiyatida muammolar bor edi. Bugun qizil kartochkadan keyin hujum tashkil etishda qiynaldik. O'yinga tanlagan rejalarimiz o'zgarib ketdi.

- Bugun jamoangiz optimal tarkib bilan o'ynadimi?

- Yo'q, to'liq optimal tarkib bilan o'ynay olmayapmiz. Terma jamoadan chaqiruv olgan futbolchimiz bor, shuningdek o'yin davomida qizil kartochka ham oldik. Yuzaga keladigan tanaffusda jiddiy ishlaymiz. Oldimizda har bir futbolchi bilan indivudial shug'ullanish uchun imkoniyat yuzaga kelayapti. Bundan unumli foydalanishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia