Ferran va Savich "Barsa" – "Atletiko" o'yinida janjal qilgani uchun 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023, 18:14
Futbolchilar "Barselona" hamda "Atletiko" o'rtasidagi uchrashuvda janjal qilgani uchun jazolandi.

La Liganing 16-turidan o'rin olgan "Barselona" – "Atletiko" (1:0) uchrashuvining 92-daqiqasida bosh hakam Xose Munuero Montero Ferran Torres va Stefan Savichning dueli mushtlashuvga aylanib ketganidan so'ng maydondan chetlatdi. Ferran raqibni sochidan, Savich esa "Barsa" futbolchisini bo'ynidan ushlab oldi.

Mushtlashuv natijasida har ikki futbolchi ikkitadan o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo