Fernando: “Portu” hali taslim bo'lgani yo'q”

23 okt 2013, 11:39
“Portu” yarim himoyachisi Fernando, klubning “Zenit”ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatini izohlab berdi.

“Biz bu o'yinning muhimligini bilardik, biroq Erreraning chetlatilishi masalani yanada qiyinlashtirdi. Fikrimcha yakuniy natija haqli bo'lmadi, chunki bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Uyda ikki marotaba yutqazib qo'yganimizdan so'ng guruhdagi holatimiz yanada yomonlashdi, biroq biz hali taslim bo'lganimiz yo'q. Rossiyada bo'lib o'tadigan kelasi o'yinda, g'alaba qozonishga harakat qilamiz”,- deydi Fernando.


Manba: soccer.ru