Fernandesh: "MYUga Ronalduning maslahatlarisiz ham o'tgan bo'lardim"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2021, 11:20
"Manchester Yunayted" xavbeki Brunu Fernandesh mankunianliklar tarkibiga Krishtianu Ronalduning maslahatlari orqali o'tgani haqida gapirdi.

"Ha, u bilan bu borada gaplashganman. Chunki Krishti klubni mendan ko'ra yaxshiroq bilgan. U menga maslahatlar berdi. Bu men uchun muhim bo'lgandi. Umuman olganda bu erga uning maslahatlarisiz ham kelgan bo'lardim. Biroq doim Krishtianu bilan maslahatlashish menga yoqadi.

Biz klub borasida, uning buyukligi, menga mos tushishi haqida gaplashdik. Katta sovrinlar uchun kurash bo'lishi meni quvontirdi. U menga: "Bor va rohatlan. Seni muxlislar yoqtirib qoladi. Sen shunchaki o'z o'yiningdan zavq olsang bo'lgani", deb aytdi", - dedi Brunu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal