Fernandesh futboldagi kumiri kim ekanligini aytdi

Alisher
2 apr 2021, 13:32
Portugaliya terma jamoasi va MYU yarim himoyachisi Brunu Fernandesh kumiri kim ekanligini aytdi.

"Mening futboldagi kumirim? Bu Andres Inesta, u menga inson sifatida ham, o'yinchi sifatida ham yoqadi. Uni haqiqiy afsona deb hisoblayman", - deb yozadi futbolchi "Tvitter"da.

Eslatib o'tamiz, Fernandeshning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/B_Fernandes8