Fernandes: "Betis"ga qarshi bahsda Bravo maydonga tushadi, keyin ko'ramiz"
Aslanov Jasurbek
18 avg 2016, 14:16
"Barselona" posboni Klaudio Bravo "Betis"ga qarshi Ispaniya Chempionatining birinchi tur bahsida maydonga tushadi.
Bu haqda klub sport direktori Robert Fernandes e'lon qildi.
"Betis"ga qarshi bahsda Bravo maydonga tushadi. Bu men ayta oladigan yagona narsa. Agar Bravo "Barselona"ni tark etsa, bungacha biz posbon xarid qilishimiz kerak" - deydi Fernandes.