

"Valensiya" bilan o'yinda ishtirok etmagan 21 yoshli yarim himoyachi sheriklarini qo'llab-quvvatlashni xohladi va noqonuniy qaroqchi translyatsiyadan skrinshotni joylagan holda "Olg'a, jamoa!" deb yozdi.
Fermin bir necha daqiqadan so'ng storisni instagramidan o'chirib tashladi.
Oldinroq, La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya qaroqchi translyatsiyalar bo'yicha Yevropada chempion ekani va shu sabab 400 mln evro yo'qotilayotganini aytgandi.



