Ferdinand: “Saloh 2 yo'ldan birini tanlashi kerak”

Eldor Akmurzayev
13 mar 2022, 09:25
Angliya TJ sobiq a'zosi Rio Ferdinand Muhammad Salohning “Liverpul” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olamyotganiga munosabat bildirdi.

“Saloh haqida uning o'yinlari va natijalari gapiradi. Ammo “Liverpul”da mehnat uchun haq to'lash strukturasi bor. Tanlov Salohning o'zida: shartnoma imzolab, abadiy “Liverpul” afsonasi bo'lib qolish yoki pul ortidan quvish. O'ylashimcha, tez orada uning javobini bilib olamiz”, deydi Ferdinand.

Misrlikning “qizillar” bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha tuzilgan. Yurgen Kloppning so'zlariga ko'ra, klub hujumchi bilan kelishuvga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BT Sport