"Fenerbaxche" bosh murabbiy Pereyra bilan xayrlashdi

Alisher
21 dek 2021, 13:45
"Fenerbaxche" bosh murabbiy Vitor Pereyraning iste'fosini e'lon qildi.

U turk klubida joriy yilning yozidan beri ishlab kelayotgandi. Shartnoma ikki mavsumga, yani 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan edi.

"Fenerbaxche" 17 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan holda, Turkiya chempionati jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

Jamoa yetakchi "Trabzonspor"dan 14 ochko ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, Vitor Pereyra yaqinda faoliyatini yakunlagan Odil Ahmedov bilan "Shanxay SIPG"da birga ishlagan edi.

 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Fenerbahce