Fayzullaev “Krasnodar”ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

Оқил Абдубарноев
13 dek 2023, 20:26
RPL doirasida SSKA klubi mehmonda "Krasnodar"ga yutqazib qo'ydi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi yagona golga Nikita Krivtsov mualliflik qildi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, mazkur bellashuvda “armiyachilar”ning o'zbekistonlik vingeri Abbosbek Fayzullaevda jiddiy jarohat olish xavfi mavjud edi, biroq hammasi yaxshi yakunlangan.

“Abbos noxush shikastga yo'liqdi. Ammo Moskvaga qaytgach, u MRTdan o'tdi, muolaja davomida uning sog'lig'ida jiddiy muammolar aniqlamadi. Yarim himoyachi SSKA PFK tibbiy shtabidan tiklanish uchun kerakli tavsiyalarni oldi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Fayzullaev O'zbekiston milliy terma jamoasining dekabr oyidagi yig'iniga chaqirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЦСКА матбуот хизмати