Faxriylar futboli. “Qo'qon-1912” yarim finalda yutqazdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2016, 14:59
"Bunyodkor" akademiyasi maydonlarida faxriy futbolchilar o'rtasida Respublika birinchiligining final bosqichi o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Birinchi yarim finalda "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" faxriylari to'qnash kelishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Futbol lotereyasida "Bunyodkor" faxriylariga omad kulib boqdi - 4:2.

Ikkinchi yarim finalda "Nasaf" - "Qizilqum"  faxriylari uchrashdilar. Bu o'yinda Qarshiliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Yarim finallar
"Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" 1-1  (penaltilar seriyasi 4:2)

"Nasaf" - "Qizilqum" 2:0

Ertaga "Qo'qon-1912" jamoasi 3-o'rin uchun bahsda "Qizilqum" bilan o'ynaydi. Finalda "Bunyodkor" hamda "Nasaf" o'zaro uchrashishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia