Faxriylar futboli. “Qo'qon-1912” “Neftchi”ni mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2015, 16:02
Bugun Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda faxriy futbolchilar o'rtasida Respublika birinchiligi saralash musobaqasining navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi.

Unda “Qo'qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari faxriylari o'zaro kuch sinashishdi. O'ziga xos “derbi”da jamoalar quyidagi tarkibda maydonda xarakat qilishdi.
O'yin o'tgan yilgi Respublika chempionlari, Qo'qonlik faxriylarning to'liq ustunligida o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin fargonalik taniqli futbolchilar, o'z davrida viloyatimiz muxlislarining sevimli futbolchilari bo'lgan Asad Do'rmonov, Oleg Burov, Noil Gubanovlarning hali ham maydonda chiroyli va aniq harakat qilayotganlari  muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi. Derbining birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'limda qo'qonliklardan Said Shokirov xamda Shavkat Jo'raboevlar ikkita bir-biridan chiroyli gollarga mualliflik qilishdi.  Shunday qilib  faxriylar o'rtasida bo'lib o'tgan viloyat derbisida qo'qonlik faxriylar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Eslatib o'tamiz, qo'qonlik faxriy futbolchilar o'tgan turda  Namanganning “Navbahor” faxriylarini ham xuddi shunday hisobda mag'lubiyatga uchratishgan edilar. “Qo'qon-1912” faxriylari navbatdagi o'yinni safarda andijonlik faxriy futbolchilarga qarshi o'tkazadilar.

“Qo'qon-1912” - “Neftchi” 2:0
Gollar:
Said Shokirov, Shavkat Jo'raboev
“Qo'qon-1912”: F.Musajonov, A.Ortiqov, M.Mansurov, A.Jonaliev, SH.Jo'raboev, M.Abduvaliev, A.Niyozov(S) , I.Mamadiev, A.Otajonov, U.Quvvatov, S.Shokirov.
Zaxiradagilar: J.Tojiboev, S.Meliboev, B.Abdullaev, O.Qodirov, B.Azimov, N.Xusanboev, K.Aminov.  
“Neftchi”:  B.Shamsiddinov, G.Raimjonov, A.Do'rmonov, X.Axmedov, SH.Ibragimov, Q.Sobirov, O.Burov, O.Xo'jaev, A.Usmonov, R.Mirzaraximov.
Zaxiradagilar: Z.Burxonov, N.Gubanov, A.Shermatov, A.Komilov.

Akramjon Mamadaliev

Abdusamad Do'rmonov

Oleg Burov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia