Fati Ispaniya Superkubogi tarixidan joy oldi

10 yanv 2020, 09:35
Ansu yana bir rekord qayd etdi.

“Barselona” vingeri Ansu Fati “Atletiko”ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan bahsning 88-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi.

Fati maydonga tushgan vaqti 17 yosh 70 kunlik edi. Shu tariqa Ansu Ispaniya Superkubogida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord ham “Barselona” futbolchisi Nano Rodiloga tegishli edi. U 1999 yilgi superkubokda maydonga tushganida 17 yosh 117 kunlik bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta